Mijozlar va buyurtmalar tizimi
Mijozlar, buyurtmalar, qarzdorlik va xodimlarning vazifalarini bir joyda yuritasiz. Har bir buyurtma qaysi bosqichdaligini ko‘rib turasiz.
Mijozlar ro‘yxati bir xodimning telefonida, buyurtmalar Excel’da, qarzlar daftarda. Xodim ishdan ketsa, ma’lumot ham ketadi. Rahbar oy qanday o‘tganini bilish uchun kechqurun jadvallarni yig‘ib o‘tiradi.
Tizim Excel, daftar va chatlarda tarqalgan ishni bitta tizimga jamlaydi. Har mijozning tarixi, buyurtmalari va qarzi bir sahifada. Xodimlar o‘z vazifalarini, rahbar esa kunlik va oylik hisobotni ko‘radi. Telegram yordamchisi orqali buyurtma qo‘shish, holatni o‘zgartirish va eslatma olish telefondan bir necha bosishda bo‘ladi.
Ma’lumot yo‘qolmasligi, mijozga vaqtida qaytilishi va biznes holatini raqamlarda ko‘rish.
Imkoniyatlar
- Mijozlar bazasi: aloqa, tarix, buyurtmalar, qarz
- Buyurtmalar bosqichlar bo‘yicha: yangi, jarayonda, tayyor, topshirildi
- Xodimlarga vazifa va muddat
- Rollar: rahbar, menejer, xodim — har biri o‘z ruxsatlari bilan
- Telegram yordamchisi: buyurtma qo‘shish, holat, eslatma
- Mijozga holat haqida avtomatik xabar
- Kunlik va oylik hisobot, grafiklar
- Excel’dagi eski ma’lumotlarni ko‘chirish va muntazam zaxira nusxa
Qanday ishlaydi
O‘rganish
Ish jarayoningizni ko‘rib, qaysi bosqich va maydonlar kerakligini belgilaymiz.
Ko‘chirish
Excel va daftardagi mijoz va buyurtmalarni tizimga o‘tkazamiz.
Rollar
Har xodimga o‘z ruxsati: kim nimani ko‘radi va o‘zgartiradi.
Kundalik ish
Buyurtma va vazifalar tizimda yoki Telegram yordamchisi orqali yuritiladi.
Hisobot
Rahbar kunlik xulosa va oylik hisobotni oladi.
Kimga mos
- Ishlab chiqarish sexlari
- Mebel va ta’mirlash
- Ulgurji va chakana savdo
- Xizmat ko‘rsatish kompaniyalari
- O‘quv markazlari
- Reklama agentliklari
Savol-javoblar
- Tayyor CRM’dan (amoCRM, Bitrix24) farqi nima?
- Tayyor CRM’larda imkoniyat ko‘p, lekin ular murakkab va oylik obunali. Bu tizim faqat sizga kerakli maydon va bosqichlar bilan yasaladi, kod va ma’lumot sizniki bo‘ladi.
- Telefondan ishlasa bo‘ladimi?
- Ha, tizim telefonga moslashgan, eng ko‘p ishlatiladigan amallar esa Telegram yordamchisida ham bor.
- Ma’lumotlarimiz yo‘qolib qolmaydimi?
- Muntazam zaxira nusxa olinadi, kirish parol va rollar bilan himoyalanadi.