Ulgurji buyurtma tizimi

Doimiy xaridorlaringiz o‘zlari uchun belgilangan narxlarni, mavjud mahsulotlarni va qarzdorligini ko‘radi. Buyurtmalar hisob tizimingizga yuboriladi.

Ulgurji mijozlar har hafta bir xil ro‘yxatni telefonda aytadi, menejer uni qayta yozadi. Qaysi mahsulot qolgani noma’lum, narxlar mijozga qarab har xil — xato oson chiqadi. Qarzdorlik esa alohida daftarda.

Do‘kon va restoranlar kabi doimiy xaridorlaringiz uchun Telegram kabineti. Mijoz telefon raqami bilan kiradi va faqat o‘ziga tegishli narxlarni, ombordagi qoldiqni va qarzdorligini ko‘radi. Oldingi buyurtmani bir bosishda takrorlaydi. Buyurtmalar hisob tizimingiz (1C, МойСклад) bilan bog‘lanadi.

Agentlar va telefon orqali olinadigan ulgurji buyurtmalarni tez, kamroq xato bilan va kechayu kunduz qabul qilish.

Imkoniyatlar

  • Telefon raqami orqali kirish — begona odam narxlarni ko‘rmaydi
  • Har mijozga o‘z narx turi va chegirmasi
  • Ombordagi qoldiq real vaqtda
  • Oldingi buyurtmani bir bosishda takrorlash
  • Qarzdorlik va to‘lov muddati
  • Aksiya va yangi mahsulot haqida xabar
  • 1C yoki МойСклад bilan bog‘lanish
  • Agentlar uchun buyurtmalar paneli

Qanday ishlaydi

Ulash

Mahsulotlar, narx turlari va qoldiqlarni hisob tizimingizdan olamiz.

Mijozlar

Har mijoz telefon raqami bo‘yicha o‘z narx turi va qarz limiti bilan biriktiriladi.

Buyurtma

Mijoz katalogdan tanlaydi yoki o‘tgan buyurtmani takrorlaydi.

Tekshiruv

Bot qoldiqni va qarz limitini tekshiradi.

Hisob tizimiga

Buyurtma 1C yoki МойСклад tizimiga yuboriladi va omborga yig‘ish uchun boradi.

Xabar

Mijoz buyurtmasi tayyorlanayotgani va jo‘natilgani haqida xabar oladi.

Kimga mos

  • Oziq-ovqat distribyutorlari
  • Qurilish mollari ulgurji savdosi
  • Ichimlik va suv yetkazuvchilar
  • Xo‘jalik mollari
  • Kanselyariya mollari
  • Ishlab chiqaruvchi korxonalar

Savol-javoblar

Begona odam narxlarimni ko‘rib qolmaydimi?
Yo‘q. Kabinet faqat siz biriktirgan telefon raqamlariga ochiladi, har biri faqat o‘z narxlarini ko‘radi.
Hisob tizimimiz 1C, qanday ulanadi?
1C yoki МойСклад bilan mahsulot, qoldiq va buyurtmalarni almashadigan integratsiya qilamiz. Avval sinov bazasida tekshiramiz.
Agentlarimiz ham ishlata oladimi?
Ha, agent o‘z mijozlari nomidan buyurtma beradi, siz esa agentlar kesimida hisobotni ko‘rasiz.