Yozma va og‘zaki javoblarni tekshiruvchi AI

O‘quvchining inshosi yoki ovozli javobini tahlil qilib, xatolarini tushuntiradi va taxminiy baho beradi. O‘qituvchi o‘quvchilarning ishlarini kuzatib boradi.

Til markazida bir o‘qituvchiga o‘nlab insho tushadi. Tekshirish kunlab cho‘ziladi, o‘quvchi esa javobni kutib, mashqni tashlab qo‘yadi. Og‘zaki nutqni mustaqil mashq qilish imkoni esa deyarli yo‘q.

AI o‘quvchi yuborgan insho yoki ovozli javobni xalqaro imtihon mezonlariga yaqin tarzda baholaydi: har mezon bo‘yicha ball, xatolar ro‘yxati va yaxshilangan variant. O‘qituvchi esa guruhda kim qayerda qiynalayotganini ko‘radi. Baho yo‘naltiruvchi — yakuniy qaror o‘qituvchida.

O‘quvchi uyda ko‘proq mashq qilishi, o‘qituvchi esa tekshirishga kamroq vaqt sarflashi.

Imkoniyatlar

  • Insho va ovozli javobni qabul qilish
  • Mezonlar bo‘yicha ball: vazifaga javob, izchillik, lug‘at, grammatika
  • Xatolar ro‘yxati va tushuntirish
  • Yaxshilangan variant namunasi
  • Kunlik mavzu va mashq
  • O‘qituvchiga guruh bo‘yicha haftalik hisobot
  • O‘quvchi rivojlanishi grafigi

Qanday ishlaydi

Topshiriq

Bot har kuni mavzu beradi yoki o‘quvchi o‘z mavzusini tanlaydi.

Javob

O‘quvchi inshoni yozadi yoki ovozli javob yuboradi.

Baholash

AI mezonlar bo‘yicha ball qo‘yadi va har birini izohlaydi.

Xatolar

Xatolar ro‘yxati, to‘g‘ri variant va yaxshilangan namuna beriladi.

Hisobot

O‘qituvchi haftalik guruh hisobotini oladi: kim qaysi mezonda orqada.

Kimga mos

  • Til markazlari
  • IELTS va CEFR tayyorlov kurslari
  • Maktablar
  • Xususiy o‘qituvchilar
  • Onlayn kurslar

Savol-javoblar

Baho rasmiy imtihon natijasiga tengmi?
Yo‘q. Baho yo‘naltiruvchi: rasmiy mezonlarga yaqin tahlil beradi, yakuniy bahoni esa o‘qituvchi qo‘yadi.
Faqat ingliz tili uchunmi?
Asosan ingliz tili uchun, lekin mezon va til sozlanadi — rus yoki boshqa til uchun ham qilish mumkin.
O‘quvchilar ishlari kimga ko‘rinadi?
Faqat markaz va o‘quvchining o‘ziga; uchinchi shaxslarga berilmaydi.