Post tayyorlash yordamchisi

Biznesingiz uchun haftalik mavzular va post matnlarini tayyorlaydi. Siz ularni tekshirib, tasdiqlaysiz yoki o‘zgartirasiz.

Sahifa haftalab yangilanmay qoladi: ish ko‘p, post yozishga vaqt yo‘q. SMM mutaxassisi qimmat yoki biznesni yaxshi bilmaydi. Natijada postlar tasodifiy va bir-biriga o‘xshash chiqadi.

Yordamchi biznesingiz, mahsulotlaringiz va ohangingiz asosida haftalik post rejasini tuzadi: mavzu, matn, rasm g‘oyasi va chop etish vaqti. Har dushanba reja Telegram’ga keladi, siz har postni tasdiqlaysiz, qayta yozdirasiz yoki olib tashlaysiz. Tasdiqlanganlari Google Sheets yoki Notion’dagi kontent kalendariga tushadi.

«Bugun nima joylaymiz?» degan savolga har kuni vaqt sarflamaslik va sahifani muntazam yuritish.

Imkoniyatlar

  • Biznesingiz va ohangingizga moslangan matnlar
  • Haftalik reja: mavzu, matn, rasm g‘oyasi, vaqt
  • Har postni tasdiqlash, qayta yozdirish yoki olib tashlash
  • Bayram va mavsumiy sanalarni hisobga olish
  • Google Sheets yoki Notion kontent kalendari
  • Telegram kanalga avtomatik joylash
  • Instagram va Telegram uchun alohida format

Qanday ishlaydi

Tanishuv

Biznesingiz, mahsulotlar, mijozlar va ohangingizni bir marta yozib olamiz.

Reja

Har dushanba AI haftalik reja tuzadi.

Tasdiq

Siz har postni Telegram’da tasdiqlaysiz yoki qayta yozdirasiz.

Kalendar

Tasdiqlangan postlar kontent kalendariga tushadi.

Chop etish

Belgilangan vaqtda post kanalga chiqadi, Instagram uchun matn sizga keladi.

Kimga mos

  • Kafe va restoranlar
  • Go‘zallik salonlari
  • O‘quv markazlari
  • Onlayn do‘konlar
  • Shaxsiy brend va ekspertlar
  • Klinikalar

Savol-javoblar

Matnlar «robotdek» chiqmaydimi?
Boshida ohangingizni sozlaymiz va eng yaxshi postlaringizni namuna qilib beramiz. Har postni baribir siz tasdiqlaysiz.
Postlarni o‘zi joylaydimi?
Telegram kanalga avtomatik joylashi mumkin. Instagram uchun esa tayyor matn va rasm g‘oyasi chop etish vaqtida sizga keladi.
Rasm ham tayyorlaydimi?
Har post uchun aniq rasm g‘oyasini yozadi; kerak bo‘lsa, AI bilan rasm yaratishni ham ulaymiz.