Ovozli buyurtma boti

Mijozning ovozli xabaridan mahsulot, miqdor va manzilni ajratib oladi. Mijoz tasdiqlagach, buyurtma jadvalga yoki mijozlarni boshqarish tizimiga yoziladi.

Mijoz bir daqiqalik ovozli xabar yuboradi: «Assalomu alaykum, anavi kecha olgan narsadan…». Menejer uni tinglaydi, qayta tinglaydi, keyin qo‘lda yozadi. Kun oxiriga borib o‘nlab ovozli xabar yig‘iladi — ba’zilari tinglanmay qoladi.

Ko‘p mijozlar yozishdan ko‘ra gapirishni afzal ko‘radi. Bot ovozli xabarni matnga aylantiradi, undan mahsulot, miqdor, manzil va vaqtni ajratib, tartibli kartaga yig‘adi. Mijoz bir tugma bilan tasdiqlaydi, buyurtma esa jadval yoki CRM’ga tushadi. O‘zbek, rus va aralash nutqni tushunadi.

Ovozli xabarlarni tinglab, qo‘lda qayta yozishga ketadigan vaqtni olib tashlash.

Imkoniyatlar

  • Ovozli xabarni matnga aylantirish — o‘zbek, rus va aralash nutq
  • Mahsulot, miqdor, manzil va vaqtni ajratib olish
  • Tushunarsiz joyni mijozdan qayta so‘rash
  • Mijozga tasdiqlash va tuzatish tugmalari
  • Google Sheets, amoCRM yoki Bitrix24’ga yozish
  • Menejerga matn va asl ovoz birga

Qanday ishlaydi

Ovozli xabar

Mijoz botga odatdagidek gapirib yuboradi.

Matn

AI ovozni matnga aylantiradi.

Ajratish

Matndan mahsulot, miqdor, manzil va vaqt ajratib olinadi.

Tasdiq

Mijozga tayyor karta boradi, u «To‘g‘ri» yoki «Tuzatish» tugmasini bosadi.

Yozish

Tasdiqlangan buyurtma jadval yoki CRM’ga tushadi, menejerga xabar boradi.

Kimga mos

  • Suv va gaz yetkazuvchilar
  • Qurilish mollari do‘konlari
  • Ulgurji savdo
  • Ta’mirlash xizmatlari
  • Dorixonalar
  • Kichik ishlab chiqarish

Savol-javoblar

Sheva yoki aralash gapni tushunadimi?
O‘zbek, rus va aralash nutqni yaxshi tushunadi. Tushunarsiz joy bo‘lsa, taxmin qilmaydi — mijozdan aniqlab so‘raydi.
Mijoz kartani tasdiqlamasa nima bo‘ladi?
«Tuzatish» tugmasi bor: mijoz o‘zgarishni yozadi yoki aytadi, karta yangilanadi.
AI uchun qancha to‘lanadi?
Ovozni matnga aylantirish va tahlil sarfi daqiqaga qarab alohida hisoblanadi; oylik taxminiy sarfni oldindan aytib beramiz.