Telegram do‘kon

Mijoz Telegram ichida mahsulot tanlaydi, savatga qo‘shadi va buyurtma beradi. Siz buyurtmalar, to‘lovlar va mahsulot qoldig‘ini boshqarasiz.

Mahsulotlar Instagram’da, savollar direktda, buyurtmalar daftarda. Har mijozga narx, o‘lcham va yetkazishni alohida yozib tushuntirish kerak. Kechasi kelgan savol ertalabgacha javobsiz qoladi va mijoz boshqa joydan xarid qiladi.

Mahsulotlaringizni Telegram ichida sotish uchun do‘kon yaratamiz. Mijoz rasmlar va narxlarni ko‘radi, kerakli mahsulotlarni savatga qo‘shadi, yetkazib berish manzilini kiritadi va to‘lov usulini tanlaydi. Siz mahsulot qo‘shish, narxlarni yangilash va buyurtmalarni boshqarish uchun alohida boshqaruv sahifasidan foydalanasiz. Yangi buyurtma kelganda Telegram orqali xabar olasiz.

Mijoz narxni so‘rab yozishib o‘tirmasdan, mahsulotni o‘zi tanlab buyurtma berishi.

Imkoniyatlar

  • Kategoriya, filtr va qidiruvli katalog
  • Savat, yetkazish yoki olib ketishni tanlash
  • Payme, Click yoki naqd to‘lov
  • Buyurtma holati: qabul qilindi, yig‘ilmoqda, yo‘lda
  • Savatda qolgan mahsulot haqida bir martalik eslatma
  • Savatga mos qo‘shimcha mahsulot taklifi
  • Tugagan mahsulot uchun «kelganda xabar bering» ro‘yxati
  • Mahsulot, narx va qoldiqni telefondan o‘zgartirish
  • Kunlik savdo xulosasi Telegram’ga

Qanday ishlaydi

Katalog

Mahsulotlar, narxlar, rasmlar va qoldiqni yuklaymiz — Excel’dan ko‘chirish ham mumkin.

Mijoz tanlaydi

Bot tugmasini bosib do‘konni ochadi, filtr bilan qidiradi, savatga qo‘shadi.

To‘lov

Payme yoki Click orqali to‘laydi yoki naqd to‘lovni tanlaydi.

Sizga xabar

Buyurtma tarkibi, manzil va to‘lov holati bilan Telegram’ga keladi.

Holat

Holatni bir tugma bilan o‘zgartirasiz, mijozga avtomatik xabar boradi.

Tugallanmagan buyurtma haqida eslatma

Savatini tashlab ketgan mijozga keyinroq bitta muloyim eslatma boradi.

Kimga mos

  • Kiyim va poyabzal
  • Kosmetika
  • Gul va sovg‘alar
  • Telefon aksessuarlari
  • Uy-ro‘zg‘or buyumlari
  • Qo‘l mehnati mahsulotlari

Savol-javoblar

Mini App bilan oddiy botning farqi nima?
Oddiy botda mahsulot tugma va xabarlar orqali tanlanadi. Mini App esa Telegram ichida ochiladigan to‘liq sahifa: rasmli katalog, filtr va savat bilan. Mahsulot ko‘p bo‘lsa, Mini App qulayroq.
Payme yoki Click’ga ulanish uchun nima kerak?
To‘lov tizimida sotuvchi (merchant) hisobi kerak. Uni ochishda yordam beramiz, avval sinov rejimida tekshirib, keyin jonli ulaymiz.
Mahsulotlarni o‘zim qo‘sha olamanmi?
Ha, admin panel yoki botning admin buyruqlari orqali mahsulot, narx va qoldiqni telefoningizdan o‘zgartirasiz.