Mijozlar uchun AI yordamchi

Xizmatlaringiz va narxlaringiz haqidagi savollarga javob beradi. Murojaatni yozib olib, kerak bo‘lsa xodimga yuboradi.

Mijoz kechki soat 11 da narx so‘rab yozadi. Ertalab menejer javob berguncha u allaqachon boshqa joydan buyurtma qilgan bo‘ladi. Kunduzi esa menejer vaqtining katta qismi «narxi qancha?», «manzil qayerda?» degan bir xil savollarga ketadi.

Yordamchi sizning narxlaringiz, xizmatlaringiz va qoidalaringiz asosida javob beradi. Telegram’da yoki saytingizdagi chat oynasida ishlaydi. Mijoz nima kerakligini, byudjeti va muddatini aytsa, yordamchi arizani tartibli kartochka holida menejerga uzatadi. Javob berish uchun ma’lumot yetarli bo‘lmasa, savol xodimga yo‘naltiriladi.

Mijoz javob kutib boshqa joyga ketib qolmasligi, menejer esa kun bo‘yi bir xil savollarga javob bermasligi.

Imkoniyatlar

  • Narx, xizmat, manzil va ish vaqti bo‘yicha javob — o‘z bilimlar bazangizdan
  • O‘zbek (lotin va kirill) va rus tillarida
  • Mijozga nima kerakligini aniqlash: ehtiyoj, byudjet, muddat
  • Mijozning ismi, so‘rovi va aloqa ma’lumotlarini xodimga yuborish
  • Murakkab yoki noaniq savolni xodimga o‘tkazish
  • Javoblarni admin paneldan tahrirlash
  • Suhbatlar tarixi va eng ko‘p beriladigan savollar

Qanday ishlaydi

Bilim yig‘amiz

Narxlar, xizmatlar, savol-javoblar va qoidalaringizni bitta bazaga jamlaymiz.

Ohangni sozlaymiz

Yordamchi qanday murojaat qilishi, nimani va’da qilmasligi va qachon xodimni chaqirishini belgilaymiz.

Mijoz yozadi

Telegram yoki saytda savol beradi, yordamchi bir zumda javob qaytaradi.

Saralaydi

Kerakli xizmat, byudjet va muddatni so‘rab, arizani to‘ldiradi.

Uzatadi

Tayyor ariza yoki javobsiz qolgan savol menejerga Telegram orqali keladi.

Sozlab boramiz

Birinchi oy suhbatlarni ko‘rib, javoblarni aniqlashtirib boramiz.

Kimga mos

  • O‘quv markazlari
  • Klinikalar
  • Ko‘chmas mulk agentliklari
  • Ta’mirlash va qurilish
  • Onlayn do‘konlar
  • Turfirmalar

Savol-javoblar

Yordamchi noto‘g‘ri javob berib qo‘ymaydimi?
U faqat siz bergan ma’lumotlar asosida javob beradi. Javob berish uchun ma’lumot yetarli bo‘lmasa, mijozga xodim bog‘lanishini aytadi va savolni sizga yo‘naltiradi.
AI xizmati uchun alohida to‘lov bormi?
Ha, AI xizmati (token) sarfi alohida to‘lanadi. Suhbatlar soniga qarab oylik sarfni oldindan hisoblab beramiz.
Narxlarim o‘zgarsa nima bo‘ladi?
Admin paneldan o‘zingiz yangilaysiz — yordamchi darhol yangi ma’lumot bilan javob beradi.